Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Vnukovo" aeroportiga cheklovlar kiritildi

"Vnukovo" aeroportiga cheklovlar kiritildi

Rossiyaning “Vnukovo” aeroportida samolyotlarning kelishi va uchishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Bu haqda Federal havo transporti agentligi (Rosaviasiya) vakili Artem Korenyako o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilgan.

"Vnukovo aeroportida havo kemalarining kelishi va uchishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Cheklovlar parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari poytaxtga yo‘l olgan dronni urib tushirganini ma’lum qilgandi. Uning qayd etishicha, halokat joyida mutaxassislar ishlamoqda.

"Rosaviasiya" oxirgi marta 30 oktyabrda "Vnukovo" aeroporti faoliyatiga cheklov kiritgan edi.

Kiritildi: Bugun 07:00. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!