Rossiya poytaxtidagi Vnukovo aeroporti faoliyatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar olib tashlandi. Bu haqda Federal havo transporti agentligi rasmiy vakili Artem Korenyako xabar berdi.
"Vnukovo aeroportida Moskva vaqti bilan soat 10:30da samolyotlarning kelishi va jo‘nashiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi", — deb yozdi u.
Cheklovlar fuqarolik havo kemalarining parvozlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida kiritilgan.
Cheklovlar vaqtida bitta samolyot muqobil aerodromga yo‘naltirildi.