Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Vladivostokda portlashlar sodir bo‘ldi, bunga Ukraina razvedkasining operasiyasi sabab bo‘lgan – “RBK-Ukraina”

A A A
Vladivostokda portlashlar sodir bo‘ldi, bunga Ukraina razvedkasining operasiyasi sabab bo‘lgan – “RBK-Ukraina”

Nashr manbalarining ma’lum qilishicha, 30 may kuni Vladivostokdagi Desantnaya ko‘rfazida portlashlar yuz bergan, bu Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasining “muvaffaqiyatli operasiyasi natijasi” bo‘lgan.

“RBK-Ukraina” ma’lumotlariga ko‘ra, Vladivostokdagi 155-dengiz piyodalari gvardiya brigadasining 47-alohida desant-hujum batalyoni joylashgan hududda ikkita portlash sodir bo‘lgan. Tirik kuch, harbiy texnika va maxsus vositalar shikastlangani xabar qilinmoqda. Biroq, bu ma’lumotlar hech qanday dalil-isbot bilan tasdiqlanmagan.

Nashrining qayd etishicha, 155-dengiz piyodalari brigadasi Rossiya-Ukraina urushida, jumladan, Mariupol, Donesk viloyatining Ugledar shahari, shuningdek, Kursk viloyatidagi janglarda ishtirok etgan.

Primore o‘lkasi rasmiylari Vladivostokning Desantnaya ko‘rfazidagi portlashlar "avtomobillardan birida propan-butan aralashmasi bo‘lgan ballonlarning alangalanishi" tufayli yuz berganini ma’lum qilgan. Mintaqaning aksilterror komissiyasi hodisa oqibatida qurbonlar yo‘qligini bildirdi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, portlashlardan oldin ko‘rfazga olib boradigan yo‘l to‘sib qo‘yilgan, shuningdek, hududda vertolyot va maxsus texnikalar ko‘ringan.

Kiritildi: 21:32 30.05.2025. O'qildi: 634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!