Davlatimiz rahbarining shu yil 23 dekabrdagi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan 16 nafar olim Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlandi.
Ular safida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Musabayev Erkin Isakovich ham bor.