Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Virus chekindi! Avstraliyada "COVID-19"ning ikkinchi to‘lqini nazoratga olindimi?

Virus chekindi! Avstraliyada "COVID-19"ning ikkinchi to‘lqini nazoratga olindimi?

Payshanba kuni Avstraliyada so‘nggi uch haftadagi koronavirus bilan zararlanish holatlarining kunlik eng past ko‘rsatkichi qayd etildi. Bu esa mamlakatdagi COVID-19 ning ikkinchi to‘lqini nihoyat nazoratga olinayotgani borasidagi umidlarni kuchaytirdi.

Avstraliya bir paytlar koronavirusga qarshi kurashda global lider deb nom qozongandi. Lekin, Avstraliya yaqin bir oydan beri o‘zining aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Viktoriya shtatida yangi infeksiyalanishni to‘xtatishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Bu shtatda bir necha haftalardan beri kasallanganlarning kunlik soni rekord darajada ko‘payayotgan edi.

Leki, Avstraliyada 12 avgust kuni 292 kishigagina koronavirus tashxisi qo‘yildi va to‘qqiz kishi vafot etdi. 11 avgustda bundan 4 baravar ko‘proq odamning COVID-19 ga chalingani aniqlangandi. Shuningdek, 12 avgustdagi statistika 20 iyuldan beri mamlakatda qayd etilgan kunlik eng kam ko‘rsatkichdir.

“Biz hozir ishonmoqdazki, mamlakatimizda kasallanish soni kamayayotganining dastlabki belgilari ko‘rinmoqda” deydi Avstraliyaning Sog‘liqni saqlash vaziri Greg Hunt.

Chorshanba kungi yangi kasallanish holatlarining asosiy qismi ham Viktoriyada qayd etilgan bo‘lib, bu shtatda 278 kishi virusni yuqtirib olgan. Viktoriyada bu raqam 11 avgustda 410 kishini tashkil qilgandi.

Avstraliyaning aholisi eng ko‘p shtati bo‘lgan Yangi Janubiy Velsda esa o‘tgan 24 soat ichida 12 ta yangi bemorlar qayd etilgan. Shuningdek, Janubiy Avstraliya shtatida 2 kishi COVID-19 bilan tashxislangan.

Hozirgacha Avstraliyada umumiy hisobda 22500 ga yaqin odam koronavirusni yutirib olgan va ularning 361 nafari vafot etgan.

Kiritildi: 14:56 13.08.2020. O'qildi: 2040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!