Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Vinisiusning vakillari «Real»ning so‘nggi taklifini rad etdi

Vinisiusning vakillari «Real»ning so‘nggi taklifini rad etdi

Vinisius Juniorning «Real» bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga yana bir mavsum qoldi. Transfer News Live jurnalist Ramon Alvares de Monga tayanib xabar berishicha, Vinisiusning vakillari Madrid klubi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishdi.

Vinisiusning vakillari «Real» joriy taklifni yaxshilamaguncha muzokaralar jarayonini qayta boshlamaydilar.

Vinisius va «Real»ning moliyaviy masaladagi pozisiyalari o‘rtasida jiddiy tafovut saqlanib qolmoqda. Bu esa braziliyalik futbolchining shu yozning o‘zidayoq transfer qilinishi ehtimolini oshiradi.

26 yoshli Vinisius Junior nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 140 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 23:56 23.07.2026. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!