Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Vinisiusning faoliyatini davom ettirish uchun eng ehtimoliy joy ma’lum

Vinisiusning faoliyatini davom ettirish uchun eng ehtimoliy joy ma’lum

Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior kelasi yildayoq jamoani tark etishi mumkin. Braziliyalik futbolchining "qaymoqranglilar" rahbariyati bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

"Real" yulduzni 150 mln yevroga sotishga tayyor, bu haqda avvalroq xabar berilgandi. Jurnalist Sasha Tavoleri ma’lumotiga ko‘ra, Vinisius faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan eng ehtimoliy joy - Saudiya Arabistoni chempionati. Yevropaning grandlari, jumladan, "Manchester Siti" ham 25 yoshli futbolchiga aytilgan shartlar asosida taklif berishni istamayapti.

Transfermarkt portali Vinisius Juniorning narxini xuddi shu 150 mln yevroga baholamoqda. Futbolchining amaldagi kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:55 13.11.2025. O'qildi: 666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!