Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Vinisius «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat qildi

Vinisius «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat qildi

«Real» hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi uydagi uchrashuv oldidan muxlislarga murojaat qildi.

«Sizlar bizga har qachongidan ham ko‘proq keraksiz. Birga olg‘a! Hala Madrid!» — deb yozdi braziliyalik futbolchi Instagram sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, «Real» — «Manchester Siti» uchrashuvi 11 martdan 12 martga o‘tar kechasi Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi. Javob bahsi esa 17 martdan 18 martga o‘tar kechasi Manchesterdagi «Etihad» stadionida o‘tkaziladi.

Qayd etish joiz, jamoalar bu mavsum Chempionlar ligasida allaqachon o‘zaro to‘qnash kelishgan: umumiy bosqichda «Manchester Siti» mehmonda «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Kiritildi: Bugun 12:02. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!