"Real" Vinisius Juniorning qizil kartochkasini bekor qildirmoqchi.
Juma kuni "Valensiya"ga qarshi LaLiganing ko‘chirilgan bahsida (2:1) Madrid klubi vingeri raqib posboni Stole Dmitriyevskini turtgani uchun chetlatilgan edi.
"Real"dagilar bosh hakam Sesar Soto Grado va VARda ishlagan Munis Ruisning qaroridan norozi. Ularning fikricha, voqeada "Valensiya" posboni ham aybdor.
Oldinroq, Vinisius 4ta bahsga chetlatilishi mumkinligi aytilgandi, ammo diskvalifikasiya faqat 2ta bahsdan iborat bo‘lishi ma’lum qilinmoqda.
"Real" har qanday holatda apellyasiya beradi. Yakuniy qaror dushanbagacha e’lon qilinishi kerak. O‘sha kuni "Qirollik klubi" Ispaniya Kubogi doirasida bahs o‘tkazadi.