Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban turkiy mamlakatlar birligini mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun “Turk dunyosining oliy ordeni” bilan taqdirlandi, deb xabar berdi Aqorda matbuot xizmati.
Bu mukofot Viktor Orbanga bugun Turkiy davlatlar tashkilotining Bishkekdagi sammitida topshirildi.
Sammit davomida tashkilot a’zolari 8 ta hujjat qabul qildi. Bu hujjatlar orasida Vengriya Bosh vazirini mukofotlash ham bor.
Qasim-Jomart Toqayev yig‘ilishdagi nutqida sammit doirasida erishilgan kelishuvlar turkiy davlatlar salohiyatini oshirishiga ishonch bildirdi va tashkilotga raislik qilayotgan Qirg‘izistonga muvaffaqiyatlar tiladi.