Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Viktor Orban deputatlik mandatidan voz kechdi

Viktor Orban deputatlik mandatidan voz kechdi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Fides” partiyasi yetakchisi sifatida olgan deputatlik mandatini topshirishini ma’lum qildi.

Orbanning partiyasi 12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida mag‘lub bo‘ldi. Natijada 16 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan siyosatchi bosh vazirlik lavozimini tark etadi. U yangi parlamentda o‘rin egallamasligini bildirdi.

“Partiya yetakchisi sifatida olgan mandatim ‘Fides’ga tegishli, shu sababli uni qaytarishga qaror qildim. Hozir men parlamentga emas, milliy kuchlarni qayta tashkil etishga kerakman”, dedi Orban.

U hozirda “Fides” rahbariyatida fraksiyani yangilash bo‘yicha muhokamalar faol davom etayotganini aytdi. Fraksiya 27 aprel kuni shakllantiriladi va unga Gergely Gulyas rahbarlik qiladi.

Vengriyalik jurnalist Sabolch Panining ma’lumotiga ko‘ra, Orban yozda qizi va kuyovi yashaydigan AQShga borishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!