Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Video: Qashqadaryoda soxta DXX xodimi ichki ishlar xodimini qo‘rqitib pul olayotganda qo‘lga olindi

Video: Qashqadaryoda soxta DXX xodimi ichki ishlar xodimini qo‘rqitib pul olayotganda qo‘lga olindi

Qashqadaryoda soxta DXX xodimi ichki ishlar xodimini qo‘rqitib pul olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahrida soxta DXX xodimi ichki ishlar xodimidan 200 dollar olayotgan vaqtda ushlangan. Aniqlanishicha, soxta xodim Nishon tumani IIBda ishlovchi xodimga qo‘ng‘iroq qilib, unga ikkita videoyozuv borligini, unda ichki ishlar xodimining noqonuniy xatti-harakatlari tasvirlanganini aytgan. Soxta xodim IIB xodimidan ushbu faktlar oshkor bo‘lmasligi uchun 200 dollar so‘ragan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davomida soxta xodim qo‘lga olingan. U ushlanganda yonidan DXX Chegara qo‘shinlarining soxta guvohnomasi hamda bir necha kishining pasport nusxalari topilgan. Uning uyi tekshirilganda esa leytenant unvonidagi DXXning harbiy kiyimi ham topilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu soxta xodim shundoq ham firibgarlik qilgani uchun qidiruvda bo‘lgan. Hozirda uning boshqa qilmishlari hamda guvohnomani kim yasab bergani o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 23:21 01.06.2020. O'qildi: 5333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!