Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Video: Farg‘onada erkak shar’iy nikohdagi ayoli bilan til biriktirib sobiq xotinini cho‘ktirib o‘ldirdi

Video: Farg‘onada erkak shar’iy nikohdagi ayoli bilan til biriktirib sobiq xotinini cho‘ktirib o‘ldirdi

Farg‘ona viloyatida dahshatli qotillik sodir bo‘ldi.

Er shar’iy nikohidagi ayoli bilan til biriktirib sobiq xotinini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab o‘ldirdi. Ma’lum bo‘lishiga bunga sabab to‘lanmagan 22 mln so‘m aliment bo‘lgan, ldeydi "everyday.uz".

Ayblanuvchi Laziz Xaydarov sobiq turmush o‘rtog‘iga 2011 yilda uylanib 2013 yilda ajrashadi. Ular o‘rtasida esa ikki nafar farzand bo‘ladi. Qonunga ko‘ra Laziz aliment to‘lash kerak bo‘lgan. Lekin u 2019 yilgacha aliment to‘lamaganligi bois 22 mln so‘m qarzdor bo‘lib qoladi. Shu sababli ham Laziz shu yil aprel oyida 15 sutkaga ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqadi. Shundan so‘ng Laziz sobiq xotinining tilxati evaziga qamoqdan ozod etiladi. Bu orada u Gulsanam Qodirova bilan shar’iy nikoh bilan yashab keladi.

Shundan so‘ng Laziz va Gulsanam til biriktirib ayolni Katta Farg‘onaga cho‘ktirib o‘ldiradi. Gulsanam voqeani ko‘rganini lekin bu haqda eridan qo‘rqqani sababli hech kimga ayta olmaganini ma’lum qilgan. Laziz esa sobiq xotinining alimentdan voz kechganini bilganida o‘lmagan bo‘lar edi, deydi.

Sud qaroriga ko‘ra Laziz Xaydarov 19 yilga Gulsanam Qodirova esa 13 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 07:45 18.11.2019. O'qildi: 4702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!