Vyetnam hukumati messenjer jinoyatchilikka qarshi kurash masalasida rasmiylar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani sababli 2 iyungacha "Telegram"ni bloklashni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Reuters hukumatning 21 maydagi qaroriga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 9600 ta mahalliy kanalning 68 foizi firibgarlik va giyohvand moddalar savdosi bilan, ba’zilari esa terrorizm bilan bog‘liq. "Telegram"ni bloklash uchun javobgarlik telekommunikasiya kompaniyalari zimmasiga yuklatildi, ular hukumat qarori ijrosi to‘g‘risida Vyetnam kiberxavfsizlik departamentiga hisobot berishi kerak bo‘ladi.