Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Veolia Energy”: Toshkentdagi qozonxonalarning qariyb 13 foizi kapital ta’mirlandi

“Veolia Energy”: Toshkentdagi qozonxonalarning qariyb 13 foizi kapital ta’mirlandi

“Veolia Energy” MCHJ XKning ma’lum qilishicha, poytaxtda isitish tizimi tez orada ishga tushiriladi.

Qayd etilishicha, poytaxtda mavjud 217 ta qozonxonaning 29 tasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilib, 76 km eskirgan issiqlik quvurlari almashtirildi va 1.32 km issiqlik tarmoqlari yer ostiga olindi.

Shuningdek, 47.1 km Issiqlik tarmoqlaridagi izolyasiya qoplamasi qayta tiklanib, 12 ta nasos stansiyalarimukammal ta’mirlandi. 92 ta nasos stansiyasi esa joriy ta’mirlandi.

Bundan tashqari, 2927 dona havodan o‘tgan issiqlik quvurlari bo‘yaldi . 159 ta hisoblagich va 112 donaIndividual issiqlik punktlari o‘rnatilgan. Shuningdek, qish mavsumida zarur bo‘ladigan zaxira anjomlari 100 foiz hozirlab qo‘yilgan.

Kiritildi: 09:53 04.11.2024. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!