Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Vengriyada qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Vengriyada qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Vengriya havo kuchlariga tegishli Gripen qiruvchi samolyoti Solnok shahri yaqinida halokatga uchradi.

Vengriya bosh vaziri Peter Madyar halokat haqida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi xavfsiz tarzda katapulta qilgan va fuqarolik infratuzilmasiga hech qanday zarar yetmagan. Uning ta’kidlashicha, halokat sababi noma’lum.

"Tergov olib borilmoqda va Mudofaa vaziri voqea joyiga ketmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jarohatlanmagan", deb qo‘shimcha qildi Magyar.

Saab JAS 39 Gripen - "SAAB Avioniks" tomonidan ishlab chiqilgan Shvesiyaning to‘rtinchi avlod ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti. JAS Jakt (qiruvchi), Attack (hujum), Spaning (razvedka) va Gripen (Griffin) degan ma’nolarni anglatadi. U 1997 yildan beri Shvesiya havo kuchlari bilan xizmatda.

Kiritildi: 11:20 25.08.2026. O'qildi: 1172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik