Budapesht Yevropa Ittifoqiga Rossiya Federasiyasi aktivlarini 3 yil muddatga muzlatishga ruxsat bermadi (endi YEI bu qarorni har olti oyda qayta ko‘rib chiqishi kerak). "Shuningdek, Vengriya Ukrainaga avvalroq e’lon qilingan kreditning berilishini shubha ostiga qo‘ydi", deb xabar berdi Euronews telekanali. Yevropa Ittifoqining qolgan davlatlari Rossiya aktivlarini muzlatish muddatini uzaytirish va Ukrainaga 35 milliard yevro ajratish qarorini qo‘llab-quvvatladi.
"Biz bu masala Qo‘shma Shtatlardagi saylovlardan keyin hal qilinishi kerak, deb hisoblaymiz. Biz bo‘lajak AQSh ma’muriyati bu masalada qaysi yo‘nalishda harakat qilishini ko‘rishimiz kerak", — dedi Vengriya moliya vaziri Mixay Varga. Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy saylovlardan keyin ikki yo‘lni tanlashi mumkin: tinchlikni tiklash yoki “urushni davom ettirish”.