Bugun 18 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Vengriya Rossiyani qutqarmoqda

Vengriya Rossiyani qutqarmoqda

Ukraina Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-paketiga yadro energetikasini kiritishni talab qilmoqda, ammo Vengriya bunga yo‘l qo‘ymaydi, deya ma’lum qildi Bryusselda Yevropa Ittifoqi davlatlari vazirlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etgan Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto.

U ta’kidlashicha, 17-sanksiya paketini tayyorlash masalasi Yevropa Ittifoqida "katta g‘ayrat bilan" muhokama qilinmoqda va hatto hamjamiyat rahbariyati bu borada "kuchli ruhlantirish his etmoqda".

"Ukraina tashqi ishlar vaziri allaqachon ushbu sanksiyalar paketini yadro energetikasiga tatbiq etishni talab qilgan, bunda hech qanday yangilik yo‘q," - dedi Siyyarto va bunday g‘oyalar Bryusselda ilgari ham bildirilganini eslatdi. "Agar bu taklif sanksiyalar paketi loyihasiga kiritilsa, biz bu ish bermasligini tushuntiramiz va keyin u chiqarib tashlanadi," - deya ta’kidladi Tashqi ishlar vazirligi rahbari.

Siyarto, shuningdek, Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Vengriya Ukrainaga 20 milliard yevro miqdorida qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatish taklifini qo‘llab-quvvatlamaganini ma’lum qildi.

U Yevrokomissiyaning "Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun yana kamida 20 milliard yevro sarflash" haqidagi taklifini g‘azab bilan qoraladi.

"Vengriya, tabiiyki, bu taklifni qo‘llab-quvvatlamaydi. Biz bu ishda qatnashishni ham istamaymiz. Vengriya xalqining mablag‘lari qurol-yarog‘ yetkazib berish va urushni davom ettirishga sarflanishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz," - dedi Siyarto.

Kiritildi: 22:17 17.03.2025. O'qildi: 1494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!