Evropa Ittifoqi (EI) Ukrainani moliyalashtirishni davom ettirish uchun kredit olishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, Kiyevga ajratilgan 135 milliard yevro hozirgi Yevropaning umumiy byudjetida mavjud emas.
«Bu astronomik summa hozir yo‘q. U shunchaki mavjud emas. Bryusselning “hiylasi” yana bir bor umumiy Yevropa kreditiga olib keladi», — deb yozdi Orban va hatto bu qarzlardan bugungi yevropaliklarning nabiralari ham qarzdor bo‘lib qolishini qo‘shimcha qildi.
Orban bundan avval Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning Ukrainaga yordamni oshirish haqidagi iltimosini “alkogolikka navbatdagi araq istagini yuborish” bilan qiyoslagan edi.