Venesuelaning muvaqqat prezidenti AQSh hukumatidan mamlakatiga zarar yetkazayotgan sanksiyalarni butunlay olib tashlashni so‘radi.
Delsi Rodriges bu haqda Venesuela parlamentidagi chiqishida aytdi.
Muvaqqat prezident Vashington bilan keskinliklari yumshab borishi fonida AQSh hukumatidan Venesuelaning sanksiyalardan holi, erkin davlat bo‘lishi uchun mamlakatga kiritilgan barcha cheklov va sanksiyalarni olib tashlash zarurligini bildirgan.
Rodriges AQSh prezidenti Donald Trampga murojaat qilib, agar u Venesueladan sanksiyalarni olib tashlasa, bu mamlakatga kirib keladigan investisiyalar oqimini ochib berishini ta’kidlagan.