Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Venesueladagi zilzilalar qurbonlari soni 4800 nafardan oshdi

Venesueladagi zilzilalar qurbonlari soni 4800 nafardan oshdi

Venesueladagi dahshatli zilzila qurbonlari soni 4829 kishiga yetdi.

Bu haqda Milliy Assambleya (parlament) spikeri Xorxe Rodriges e’lon qildi.

Hukumatning kundalik hisobotiga ko‘ra, 16 740 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan, yana 17 907 kishi uysiz qolgan. 190 ta inshoot butunlay vayron bo‘lgan, 856 tasi esa jiddiy zarar ko‘rgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 6462 kishi qutqarilgan va 34 872 kishi kasalxonalarda tibbiy yordam olgan. 128 324 oilaga yordam ko‘rsatilgan, 20 857 kishi 106 ta vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan va jabrlangan aholiga 10 063 tonna oziq-ovqat yetkazib berilgan.

24 iyun kuni kechqurun Venesuelada zilzilalar qayd etilgan. Taxminan 40 soniya oralig‘ida 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita seysmik silkinish sodir bo‘lgan. Ikkala zilzila episentrlari Yarasuy shtatida bir-biridan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan edi. Asosiy zilziladan so‘ng 1284 ta aftershok qayd etildi.

Kiritildi: 12:41 16.07.2026. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!