Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Venesuelada amaldorlarga nafaqalar kriptovalyutada beriladi

Venesuelada amaldorlarga nafaqalar kriptovalyutada beriladi

Venesueladagi davlat sektori xodimlari Petro milliy kriptovalyutasida ijtimoiy nafaqalar olishni boshlaydilar. Shunday qilib, hukumat giperinflyasiyani yengishga harakat qilmoqda, deya ta’kidlamoqda «Sekret firmi».

2020 yilda inflyasiya darajasi 2959,8 foizni tashkil etgan. Mamlakat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, nafaqalarni Petro’ga o‘tkazish mamlakatda moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.

Avvalroq, Venesuela parlamenti mamlakatda o‘sib borayotgan qashshoqlikka qarshi kurashish uchun milliy kriptovalyutadan foydalanishni taklif qilgan edi. Deputatlar Petro’ga nisbatan asosiy ish haqi darajasini indeksasiya qilishni rejalashtirgan. Tokenlarning narxi neft, oltin, temir va olmos narxlariga bog‘lanadi.

Hozircha qonun loyihasi qabul qilinmagan. 2020 yil aprel oyida Venesuela hukumati fermerlarga kreditlarni milliy kriptovalyutada taqsimlashga qaror qilgan edi. Jami bo‘lib kichik agrosanoat korxonalariga 1 mln gektardan ortiq maydonlarga ekish uchun 650 ming Petro ajratilgan (o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha taxminan 40,2 mln dollar). — 

Kiritildi: 16:55 04.05.2021. O'qildi: 2135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!