Lotin Amerikasi mamlakati TIV rahbari Ivan Xil Pinto RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida juda tez orada Amerika dollari dunyoda savdo qilishning yagona varianti bo‘lishdan to‘xtashini aytdi.
"Men ishonamanki, tez orada biz global savdoda yangi variantlarni ko‘ramiz va dollar gegemonligi o‘z o‘rnini yo‘qotadi", dedi vazir.
Shu bilan birga, u bugungi kunda Amerika dollaridan boshqa davlatlarga nisbatan “majburlash vositasi” sifatida foydalanilayotganini ta’kidladi.
Pintoning fikricha, yangi dunyo tartibini shakllantirish AQSh valyutasining jahon savdosida asosiy vosita maqomini yo‘qotishiga yordam beradi.