Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Venesuela prezidenti Maduroning yaqin sherigi koronavirusdan vafot etdi

Venesuela prezidenti Maduroning yaqin sherigi koronavirusdan vafot etdi

14 avgust, juma kuni Venesuelada COVID-19dan 70 yoshida, poytaxt Karakas okrugi gubernatori va prezident Nikolas Maduroning yaqin sherigi Dario Vivas vafot etdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Ta’kidlanishicha, 19 iyul kuni hukmron sosialistik partiyaning katta a’zosi Vivasda koronavirus aniqlangach, o‘sha paytdan beri izolyasiyaga olingan.

"U jangda o‘ldi... U COVID-19 pandemiyasiga qarshi ushbu og‘ir jangda nafaqat o‘zining sog‘lig‘i uchun qayg‘urdi, balki barchamizga g‘amxo‘rlik qildi", deb ta’kidladi vise-prezident Delsi Rodriges.

Vivas Venesuela hukumatining virusdan vafot etgan birinchi yuqori lavozimli amaldori bo‘ldi.

Venesuela rasmiylari xabariga ko‘ra, mamlakatda 29 mingdan ortiq COVID-19 holati mavjud bo‘lib, shulardan 250 ga yaqini o‘lim bilan yakunlangan. Ushbu ikkala natija Janubiy Amerikadagi eng past ko‘rsatkichlardan biridir.

Kiritildi: 21:00 14.08.2020. O'qildi: 2706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!