Venesuela yaqin kelajakda BRIKSga a’zo bo‘lishga intilmoqda, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Ivan Xil Pinto.
“Venesuela yaqin kelajakda BRIKSning rasmiy a’zosi bo‘lishga intilmoqda”, — deya Pinto so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Uning qayd etishicha, mamlakat nomzodi Braziliya, Rossiya, Xitoy va Janubiy Afrika tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanadi.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Karakas ushbu bosqichda tashkilotni kengaytirishdan xursand.