Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Venadagi terrorni ham chechenlar uyushtirganmi?

Venadagi terrorni ham chechenlar uyushtirganmi?

Venadagi terror ishi bo‘yicha hibsga olingan 14 kishi orasida Checheniston fuqarolari ham bor. Bu haqda Rambler Avstriya Ichki ishlar vaziri Karl Nexammer bayonotiga asoslanib xabar bermoqda.

Rossiya elchixonasi ushbu shimoliy kavkazliklarning Rossiya fuqaroligiga ega yoki yo‘qligini tekshirmoqda, deb yozadi RIA Novosti.

Shuningdek, Avstriya, Bangladesh, Shimoliy Makedoniya va Turkiya pasportiga ega bo‘lgan yigitlar Venadagi ibodatxona yaqinida to‘rt kishini otib o‘ldirgan ekstremistga yordam berishda gumon qilinib hibsga olingan.

Bir kishi tomonidan amalga oshirilgani aytilgan bir qator teraktlar 2 noyabr kuni Avstriya poytaxtida sodir bo‘ldi. Avvalroq Suriyadan kelgan jihodchilarga sodiqlik haqida qasamyod qilgan yigitni polisiya o‘ldirgan.

Kiritildi: 15:59 05.11.2020. O'qildi: 2095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!