Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Vazirlik Chilonzordagi tez yordam shifokorlari mushtlashuviga izoh berdi (video)

Vazirlik Chilonzordagi tez yordam shifokorlari mushtlashuviga izoh berdi (video)

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l chetida tez tibbiy yordam mashinasi shifokorlari bilan sodir bo‘lgan mushtlashuv aks etgan videoyozuv tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borganini ma’lum qiladi.

Videolavhada aks etgan tez tibbiy yordam brigadasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli bo‘lmagan.

Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, videoyozuvdagi xodimlar va mashina xususiy tibbiyot muassasasiga tegishli tez tibbiy yordam brigadasiniki ekanligi aniqlandi.

Hozirgi paytda poytaxtdagi 12 ta tez tibbiy yordam bo‘limlarida 179 ta tez tibbiy yordam brigadasi shtat rejimida tun-u kun ishlab turibdi va sutkasiga o‘rtacha 3 mingta murojaat bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.

Vazirlik o‘z vakolati doirasida mazkur holatni o‘rganib, tegishli qat’iy choralarni ko‘rishi va bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qiladi.

Kiritildi: 13:29 14.08.2019. O'qildi: 2133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!