Shu yilning 7 may kuni Vatikanda yangi Rim Papasini saylash marosimi — konklav boshlandi deya xabar bermoqda The Guardian nashri.
Qayd etilishicha, bu — oliy darajadagi ruhoniylar, ya’ni kardinallar yig‘ilishi bo‘lib, ular yashirin ovoz berish orqali yangi pontifikni tanlaydi.
Konklav jarayoni to‘liq maxfiylikda o‘tadi. Kardinallar qasamyod qilib, ovoz berishda ishtirok etadi. Agar ovoz berish natijasida Papa saylanmasa, Sistina kapellasi mo‘risidan qora tutun chiqadi. Agar saylansa, oq tutun ko‘tariladi va Vatikan qo‘ng‘iroqlari yangraydi — dunyo yangi Rim Papasini tan oladi.