Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Vatikan: “Uyalyapmiz...”

A A A
Vatikan: “Uyalyapmiz...”

Vatikan AQShning Pensilvaniya shtatida katolik ruhoniylar tomonidan bolalarning jinsiy zo‘rlanishi holatlariga munosabat bildirdi.

“Joriy hafta Pensilvaniyada e’lon qilingan hisobot bo‘yicha ushbu dahshatli jinoyatlar tufayli paydo bo‘ladigan hislarni ifodalaydigan ikki so‘z bor: uyat va qayg‘u”, – dedi Vatikan matbuot xizmati boshlig‘i Greg Berka Vatican News portaliga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, cherkov o‘tmishdan kerakli saboqni olishi, bu jinoyatlarni qilganlar ham, jinoyatlarni yashirganlar ham javobgarlikka tortilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Pensilvaniya shtatidagi oltita yeparxiyada ikki yil davomida o‘tkazilgan tekshiruv natijalari e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, 300 dan ziyod katolik ruhoniysi 1950-yillardan boshlab mingdan ortiq voyaga yetmagan bolani zo‘rlagan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 00:21 18.08.2018. O'qildi: 2168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik