Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Vashingtonning Venesuela prezidenti Maduroni ag‘darish fitnasi”

“Vashingtonning Venesuela prezidenti Maduroni ag‘darish fitnasi”

Venesuela hukumati mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga uringanlikda gumon qilingan uch amerikalik, ikki ispaniyalik va bir chexiyalikni hibsga olganini ma’lum qildi.

AQSh Davlat departamenti “Vashingtonning Venesuela prezidenti Maduroni ag‘darish fitnasi”ga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni yolg‘on deb atadi

Ispaniya hukumati mazkur ish yuzasidan Karakasdan qo‘shimcha ma’lumot so‘ragan, Ispaniyaning mamlakatdagi elchixonasi esa mahbuslar bilan uchrashishni talab qilgan.

Venesuela Ichki ishlar vaziri Diosdado Kabelo matbuot anjumanida gumonlanuvchilar prezident Nikolas Maduro va boshqa yuqori martabali amaldorlarga suiqasd uyushtirishga ham tayyorgarlik ko‘rganini aytdi. Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan 400 ta o‘qotar qurol musodara qilingan.

"Ular fransiyalik va Sharqiy Yevropadan kelgan yollanma askarlar bilan bog‘lanib, mamlakatimizga hujum operasiyasida ishtirok etishdi", — deya izoh berdi u.

Kiritildi: 18:00 15.09.2024. O'qildi: 1136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!