Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Vashingtondagi daryodan 18 kishining jasadi olib chiqildi

Vashingtondagi daryodan 18 kishining jasadi olib chiqildi

Bu haqda CBS xabar bermoqda.

Shu bilan birga, 4 kishi suvdan tirik holda chiqarildi. Qutqaruvchilar ularga darhol tibbiy yordam ko‘rsatmoqda, deb yozadi NBC telekanali.

Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, Black Hawk vertolyoti Vashingtondan 40 km uzoqlikdagi bazadan uchgan va o‘quv parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Uning ichida 3 harbiy bor edi.

Avvalroq, AQShda harbiy vertolyot va Bombardier yo‘lovchi samolyoti to‘qnashib ketgani haqida xabar bergandik.

AQSh favqulodda xizmatlari voqea sodir bo‘lgan joy yaqinidagi Vashingtonning Reygan aeroportida barcha parvoz va qo‘nishlarni to‘xtatdi.

Kiritildi: 10:45 30.01.2025. O'qildi: 1256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!