Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Vashingtonda ekologik halokat: Donald Tramp favqulodda holat tartibini tasdiqladi

Vashingtonda ekologik halokat: Donald Tramp favqulodda holat tartibini tasdiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Potomak daryosiga oqova suvlarning sizib chiqishi ortidan yuzaga kelgan ekologik halokat munosabati bilan Vashingtonda favqulodda holat e’lon qilishni tasdiqladi.

"Fox News" xabariga ko‘ra, ushbu qaror yanvar oyida kanalizasiya quvurining qulashidan so‘ng Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligiga (FEMA) jarayonga aralashish imkonini beradi.

Hodisa oqibatida poytaxtni o‘rab turgan suvlarga millionlab gallon tozalanmagan oqova suvlar tushgan.

"Prezidentning harakatlari FEMA’ga mahalliy aholi uchun favqulodda vaziyat keltirib chiqargan qiyinchilik va azoblarni yumshatish maqsadida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha yordam harakatlarini muvofiqlashtirish vakolatini beradi", — deyiladi agentlik bayonotida.

FEMA’ning qo‘shimcha qilishicha, ko‘rsatiladigan yordam insonlar hayotini saqlab qolish, mulkni, jamoat salomatligi va xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan.

Qo‘llab-quvvatlov nafaqat poytaxtga, balki Kolumbiya okrugi mas’ul bo‘lgan Merilend va Virdjiniya hududlariga ham ko‘rsatiladi.

Kiritildi: 23:24 21.02.2026. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!