AQSh Ukraina bilan uchuvchisiz uchish apparatlari texnologiyalari sohasida hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Kiyev ushbu yo‘nalishdagi ehtimoliy kelishuvlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Biz bunday kelishuvlarga intilayapmiz va ular bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz. Hozir bu boradagi barcha ishlar jarayonda", — deya Rubioning so‘zlarini RIA Novosti keltirdi.
Shu tariqa, AQSh tomoni Ukraina bilan dron texnologiyalari bo‘yicha sheriklikni yanada rivojlantirish imkoniyatini ochiq qoldirmoqda.