Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Vashington qurbonlarga e’tibor bermay, Isroilni qurollantirmoqda

 Vashington qurbonlarga e’tibor bermay, Isroilni qurollantirmoqda

AQShning Isroildagi elchisi Jek Lyu Isroilning tinch aholiga qarshi hujumlaridan xabardor bo‘lib, Davlat departamentiga Isroilga qurol sotishni ma’qullash taklifi bilan murojaat qildi, deyiladi ProPublica mustaqil jurnalistlar tashkiloti hisobotida. Hujjatda aytilishicha, Lyu Isroil armiyasining Amerika bombalaridan «noto‘g‘ri foydalangani» haqidagi xabarlarga e’tibor bermagan.

Yanvar oyida Isroil armiyasi Amerika hukumatidan 3000 ga yaqin GBU-39 kichik kalibrli bomba so‘ragan edi. Lyu Davlat departamentiga so‘rov yuborib, «noto‘g‘ri foydalanish xavfi yo‘q» va sotuvga ruxsat berilishi kerakligini ta’kidladi. Shu bilan birga, manbalarga ko‘ra, Lyu so‘nggi paytlarda Isroilning G‘azo sektorining aholi zich joylashgan hududlariga bergan zarbalari haqida bilgan, biroq o‘z xabarida bu haqda eslatmagan.

Elchixona xodimlari Lyuga tinch aholi qurbonlari va Falastin elchixonasi xodimlarining uylari vayron bo‘lganini eslatdi, ammo shunga qaramay, yuqori martabali amaldorlar Isroilga bombalardan foydalanishga «ishonish mumkin» deb aytishdi.

Keysi ta’kidlaganidek, aksariyat mamlakatlarda AQSh elchixonalari inson huquqlari buzilishi holatlarini aniqlashga harakat qiladi, biroq Isroilda bu amaliyot qo‘llanilmaydi.

Kiritildi: Bugun 14:12. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!