Agentlik manbalarining ma’lum qilishicha, AQSh Rossiyaga Ukrainaning qurollangan armiya va mudofaa sanoatiga ega bo‘lish huquqini tan olish talabini bildiradi. Mazkur talab Moskva va Kiyev o‘rtasidagi tinchlik shartnomasida qayd etilishi lozim.
AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuvda ushbu masalani ko‘tarishi kutilmoqda.
"Ukraina va uning Yevropadagi ittifoqchilari talab qilganidek, Kiyevga zamonaviy va to‘laqonli qurollangan armiyaga ega bo‘lish imkoniyatini berishga rozi bo‘lish, Putinni o‘zining asosiy harbiy maqsadlaridan biri bo‘lgan Ukrainani qurolsizlantirish g‘oyasidan voz kechishga majbur qiladi", deb yozmoqda Bloomberg.