Ayrim pedagoglar telegram botimiz(@uztdibot)ga «Yangi tartib bo‘yicha ishsiz pedagoglar ham o‘z ixtiyori bilan attestasiyada ishtirok etishi mumkinmi?» degan savol bilan murojaat qilishgan.
Javob: Yo‘q ishtirok eta olmaydilar. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomning 1-bandi ko‘ra «Ushbu nizom davlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi».
Ya’ni malaka toifasi olish uchun o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestasiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, ta’lim tashkilotida asosiy yoki o‘rindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan bo‘lishi kerak.