Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Valyuta qimmatliklarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Valyuta qimmatliklarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Marg‘ilon” MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.T. jami 4 400 AQSh dollarini fuqaro A.A.ga 50,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi A.T. fuqaro B.A.ga jami 4 000 AQSh dollarini 45,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:44 27.03.2023. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!