Festivalning yopilish marosimi 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Unda Rossiya xalq artisti Valeriy Gergiyev boshchiligida Mariinskiy teatri simfonik orkestri chiqish qiladi.
Opera va konsertlari jahon repertuarining oltin fondidan joy olgan Pyotr Chaykovskiy, Rodion Shchedrin, Jorj Bize va boshqa mashhur bastakorlarning asarlari ijro etiladi.