Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Valensiya maksimal ob-havo ogohlantirishini e’lon qildi

Valensiya maksimal ob-havo ogohlantirishini e’lon qildi

Ispaniya Davlat meteorologiya agentligi (AEMET) joriy yilning kuzida kuchli suv toshqinidan jiddiy zarar ko‘rgan Valensiya provinsiyasi uchun yana maksimal ob-havo ogohlantirishini e’lon qildi.

Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida aytilgan.

"Valensiya provinsiyasida (sohilbo‘yi zonalarida) qizil signal darajasi. Har kvadrat metrga 180 litrdan ortiq suv to‘rt-besh soat ichida to‘planishi mumkin. Xavf o‘ta og‘ir. Sayohatdan saqlaning. Daryolar toshib ketishi va suv toshqini bo‘lishi mumkin", — deya ta’kidlaydi agentlik.

Avvalroq Andalusiya va Kataloniyada yomg‘ir tufayli qizil ogohlantirish darajasi e’lon qilingani xabar qilingandi. Shu tariqa, yomonlashgan ob-havo sharoitida mamlakat hukumati Malaga provinsiyasining qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchi qariyb 3 ming kishini evakuasiya qildi.

Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni Ispaniyaning turli hududlarida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lgan edi. Suv toshqini qurbonlari soni 220 kishidan oshdi. Tabiiy ofatlar Ispaniya sharqidagi eng ko‘p zarar ko‘rgan Valensiyaning yo‘l infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazdi.

Kiritildi: 09:18 14.11.2024. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!