Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Vakillar palatasi 2025 yilgi harbiy byudjetdan Ukrainaga ajratilishi kutilgan lend-lizni olib tashladi

Vakillar palatasi 2025 yilgi harbiy byudjetdan Ukrainaga ajratilishi kutilgan lend-lizni olib tashladi

Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchisi Oksana Markarova Facebook tarmog‘ida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu band Senat qonun loyihasida bor edi. Biroq Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan qonun loyihasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator muhim qoidalar mavjud bo‘lsa-da, kelgusi yilda Ukraina uchun lend-liz muddatini uzaytirish bo‘yicha band mavjud emas.

Elchining ta’kidlashicha, ukrainalik diplomatlar “Stand with Ukraine Act” qonunida nazarda tutilgan ushbu mexanizmni saqlab qolish ustida ishlamoqda.

AQSh kongressmenlari tomonidan ovoz berilgan 2025 yilgi AQSh mudofaa byudjeti 895 milliard dollarni tashkil etdi. Senat hujjatni kelasi hafta ko‘rib chiqadi. Shundan so‘ng uni AQSh prezidenti Jo Bayden imzolashi kerak.

Bayden 2022 yilning 9 may kunida Ukraina uchun lend-liz ajratish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi.

Kiritildi: Bugun 19:12. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!