Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Vafot etgan qizim tushimga kirmasa, mendan norozi bo‘lganining alomatimi?

Vafot etgan qizim tushimga kirmasa, mendan norozi bo‘lganining alomatimi?

— Bir yil oldin qizim vafot etgandi. Devorga rasmini ilib qo‘yishim mumkinmi? Keyin qizimni ko‘p o‘ylayman, tushlarimga kirsa deyman, lekin hech tushimga kirmaydi, u mendan rozimasmikan deb o‘ylab qolaman. Men noto‘g‘ri o‘ylamayapmanmi?

— Yaxshi emas. Uch zarari bor: birinchisi, inson va hayvon rasmini beldan yuqori joyga osish nojoizdir. O‘simlik va jonsiz narsalarning rasmini osib qo‘yishning hech zarari yo‘q. Ikkinchisi, jonli rasm ilingan xonaga rahmat farishtalari kirmaydi. Fotorasmlarni albomda saqlash lozim. Uchinchisi, devorida rasm osilgan xonada namoz o‘qish makruhdir.

Qizingizning ruhi shod bo‘lishi uchun Qur’on tilovati qilib, sadaqa berib, shularning savobini uning ruhiga bag‘ishlash mumkin. Tushga kirmasligi yomonlik alomati emas.

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Kiritildi: 13:45 21.11.2020. O'qildi: 5112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!