Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Vafot etgan otasiga maktub yozgan qizcha noodatiy javob oldi

Vafot etgan otasiga maktub yozgan qizcha noodatiy javob oldi

Buyuk Britaniyaning Cheshir grafligida yashovchi olti yoshli Holli Morgan marhum otasiga xat yozib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va g‘ayritabiiy javob oldi, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Qizaloqning otasi o‘tgan yili vafot etgan va Hollining ushbu holatga ko‘nikishi qiyin kechgan.

Oktyabrda marhum otasi 47 yoshni qarshi olishi lozim edi. Qizcha dadasini tabriklamoqchi bo‘ldi va tabriknomani pochta orqali jo‘natishga qaror qildi. Konvertdagi manzil degan joyga «Osmondagi dadamga» deb yozib qo‘ydi.

Oradan bir necha kun o‘tgach, Morganlar oilasi pochta qutisidan Hollining nomiga kelgan maktub oldi. Xatda tabriknomaning yulduzlar, fazo ob’ektlari yonidan uchib o‘tib, uning otasiga yetkazilgani yozilgandi.

Qizning onasi pochta xodimlariga ushbu javob xati uchun minnatdorchilik bildirdi va qizining ushbu maktubni o‘qigan vaqtida juda xursand bo‘lganligini ta’kidladi.

Kiritildi: 06:41 09.11.2019. O'qildi: 3906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!