Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jalaquduq tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan, hech qayerda ishlamaydigan M.K. fuqarolarga o‘zini tuman Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi xodimi deb tanishtirib, M.A. va uning qo‘shnisiga uy-joy qurish uchun “Haqiqat” MFY hududidan har biriga 6 sotixdan, 12 sotix er maydoni olib berishga ishontirib, evaziga 1.300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Jondor tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr davlat korxonasi Jondor tumani filiali mutaxassisi F.S., fuqaro R.ning ishonchiga kirib, uning 23 sotix er maydonini dehqon xo‘jaligi nomiga rasmiylashtirish masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga, oldindan kelishilgan 400 AQSh dollari hisobidan, 100 AQSh dollari va 2 mln so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.