Joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.
9 dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10 dekabrda shimoliy va cho‘l hududlarida, 11 dekabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi -10...-13 daraja, kunduzi -5...-8 daraja sovuq; shimolda kechasi -17...-20 daraja, kunduzi -9...-12 daraja sovuq bo‘ladi.