«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan 2024 yil 9 oyi davomida konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun 621 nafar talabaga, 18 nafar nafaqa yoshidagi ijodkorlarga va 65 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozli ravishda lisenziya berilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 iyuldagi PF-168-son Farmonining 2-bandiga asosan yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ta’lim muassasalarida o‘qiydigan talabalar (o‘qish muddati davomida) davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.
Yuridik shaxs tashkil etgan ijodiy jamoalardan davlat boji yagona lisenziya bo‘yicha undiriladi. Bunda ijodiy jamoa uning barcha a’zolari davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan shaxslardan tarkib topgan taqdirdagina davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.