Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"O‘zbekkino" Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratadi

"O‘zbekkino" Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratadi

"O‘zbekkino" milliy agentligi o‘zining texnologik bazasini keng ko‘lamli qayta jihozlashni boshladi.

Daniya poytaxti Kopengagen shahrida “O‘zbekkino” milliy agentligi va Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi o‘rtasida "O‘zbekfilm” kinostudiyasi kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari bilan jihozlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar badiiy filmlar, hujjatli filmlar, multiplikasion filmlar tayyorlash uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshiriladi. Kino jihozlarini modernizasiya qilish bilan bir qatorda, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi maydonchasi qayta ta’mirdan chiqariladi.

"O‘zbekkino" milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning ta’kidlashicha, kompaniyaning texnologik bazasi va uning bo‘limlarini har tomonlama qayta jihozlash Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq amalga oshiriladi.

Loyihada “O‘zbekfilm”ning film yaratish jihozlari va hujjatli filmlar kinostudiyasi, multiplikasion studiya hamda respublika kino fondining to‘liq yangilanishi ko‘zda tutilgan.

Yangi jihozlar yordamida davlatimiz va xorij arxiv fondlarida saqlanayotgan kinotasmalarni raqamlashtirish va qayta tiklash imkonini qo‘lga kiritamiz.

CANON, APPLE, VICON va shu kabi boshqa kompaniyalar "O‘zbekkino"ga Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratish imkonini beradi.

Barno O‘NGBOYEVA,

"O‘zbekkino" milliy agentligi matbuot kotibi

Kiritildi: 06:17 10.10.2019. O'qildi: 1582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!