Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Kuala-Lumpurga yetib bordi

A A A
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Kuala-Lumpurga yetib bordi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Karomidin Gadoyev bugun Malayziya poytaxtiga yetib bordi.

U shu kunga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 59 yoshda. Buxoro viloyati Kumushkent qishlog‘ida tug‘ilgan.

Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) geografiya fakultetini tamomlagan. Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. 1995 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, markaziy apparatda, O‘zbekistonning NATOdagi missiyasi va Bryusseldagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.

Birinchi darajali maslahatchi diplomatik martabasiga ega.

Kiritildi: 09:54 30.11.2023. O'qildi: 960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!