Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonning yangi rezident aviakompaniyalariga Janubiy Koreyaga parvozlarni yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi

O‘zbekistonning yangi rezident aviakompaniyalariga Janubiy Koreyaga parvozlarni yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi

Transport vazirligi delegasiyasi O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari hamrohligida Seul shahrida Koreya aviasiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Koreya aviasiya hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tayinlangan aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovni bekor qilish, ularga parvozlar uchun tegishli huquqlar berish, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar Uzbekistan airways aviakompaniyasi, shuningdek, kelgusida O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan yangi rezident aviakompaniyalar (Qanot Sharq, My Freighter, Air Samarkand) tomonidan ham amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, ikki davlat aviasiya hukumatlari o‘rtasidagi oxirgi maslahatlashuvlar 2018 yilda o‘tkazilgan bo‘lib unga ko‘ra ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar har bir tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 tadan etib belgilangan va har bir tomondan 2 tadan aviakompaniyalarga aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqi berilgan.

Kiritildi: 10:12 02.10.2024. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!