Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning tashqi savdo hamkor davlatlari soni 200 taga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo hamkor davlatlari soni 200 taga yetdi

2025 yilda O‘zbekiston tashqi savdosi 20 foizga oshdi. Bu mamlakatning jahon bozorlaridagi o‘rni mustahkamlanayotganidan dalolat bermoqda.

O‘zbekiston tashqi savdo hajmi 2025 yilning yanvar–avgust oylarida sezilarli oshdi. Mamlakat 200 ta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda va ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘smoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida tashqi savdo aylanmasi jami 51,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,5 mlrd dollarga yoki qariyb 20 foizga ko‘pdir.

Tashqi savdo hajmida eksport ulushi 23 mlrd dollarga yetdi va bu 31,3 foiz o‘sishni anglatadi. Import esa 28,4 mlrd dollar bo‘lib, 11,8 foizga ko‘paydi. Bu holat mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari kengayib, eksport imkoniyatlari yanada oshganini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston tashqi savdosining asosiy hamkorlari orasida Xitoy birinchi o‘rinda turib, umumiy aylanmaning 18,9 foizini ta’minlagan. Rossiya hissasi 16,1 foizga teng. Shuningdek, Qozog‘iston 5,9 foiz, Turkiya 3,7 foiz va Koreya Respublikasi 2,2 foiz ulush bilan ro‘yxatdan joy olgan.

Mazkur raqamlar O‘zbekiston tashqi bozorlaridagi faolligi ortganini va iqtisodiy integrasiya jarayonlari izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 14:28 24.09.2025. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!