Bugun 16 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonning so‘nggi mag‘lubiyatiga 400 kundan oshdi

O‘zbekistonning so‘nggi mag‘lubiyatiga 400 kundan oshdi

Kecha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari bilan bellashdi. Uchrashuv taqdirini Otabek Shukurovning penaltidan kiritgan yagona goli hal qildi.

Shu tariqa, "oq bo‘rilar"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etadi. Termamiz 403 kundan beri o‘yinda yutqazmayapti (Qatarga qarshi uchrashuv ham durang deb hisoblanadi).

Srechko Katanes shogirdlarining ushbu seriyasi 20 o‘yinga yetdi. Hamyurtlarimiz oxirgi bor 2023 yil 9 sentyabrda AQShga qarshi bellashuvda mag‘lub bo‘lgan edi. Bu borada vakillarimiz 1-o‘rinda, Senegalda 15 ta mag‘lubiyatsiz seriya bo‘lsa, Ispaniyada bu seriya 14 o‘yinga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston navbatdagi bahsni safarda Qatarga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: Bugun 13:59. O'qildi: 622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!